Bugun, 11 fevral kuni YECHL pley-off bosqichi doirasida Manchesterning "Manchester Siti" jamoasi o‘z uyida Madridning “Real” jamoasini qabul qiladi. “Shaharliklar” tarkibida to‘p tepayotgan Abduqodir Husanov bugun "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining 4-raundida "Manchester Siti" jamoasi Leyton Oriyent jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida safarda g‘alaba qozondi. Uchrashuvda kiritilgan gollarning biriga Abduqodir Husanov mualliflik qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты