Ushbu musobaqa o'yinlarini UzReport hamda FutbolTV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Xabaringiz bor, O'zbekiston bu yilgi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tadigan Osiyo Chempionati mezbonligini qo'lga kiritgan.
Bugun, 1-iyun kuni ushbu turnirga start beriladi. Soat 18:00 da musobaqaning ilk 2 uchrashuvi boshlanadi. Poytaxtdagi “Milliy” stadionida “B” guruhi doirasida Avstraliya hamda Quvayt jamoalari o'zaro bahs olib borishsa, Qarshidagi “Markaziy” stadionida “A” guruhi doirasida Eron hamda Qatar termalari o'yin o'tkazishadi.
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi esa bugun soat 20:30 da Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida “A” guruhi doirasida Turkmaniston jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Musobaqa 19-iyunga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun, bu yilgi U-23 Osiyo chempionati OFK tomonidan tarixda beshinchi bor tashkil etilmoqda. Turnirda 1999-yil 1-yanvardan keyin tug'ilgan futbolchilargina ishtirok etishi mumkin. Musobaqada jami 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etishmoqda.
U-23 Osiyo Chempionati o'yinlarini UzReport hamda FutbolTV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62504 | Инструменты