Huawei 2
Bugun Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasiga qur'a tashlash marosimini FUTBOL TV telekanalida tomosha qiling!

Bugun 16 mart kuni Shveysariyaning Non shahridagi UYEFA qarorgohida YECHL va YELning 1/4 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalida "Liverpul", "Manchester Siti", "Yuventus", "Real", "Roma", "Sevilya", "Bavariya" va "Barselona" jamoalari ishtirok etadilar.

Yevropa Ligasida esa SSKA, "Atletiko", "RB Leypsig", "Latsio", "Red Bull Zalsburg", "Marsel", "Sporting", "Arsenal" jamoalari ishtirok etishadi.

Bu bosqichda bir mamlakat klublari bir-biriga duch kelishlari mumkin. Savatchadan birinch olingan jamoa birinchi o'yinni o'z uyida o'tkazadi.

YECHLning birinchi uchrashuvlari 3 va 4 aprel kunlari, javob uchrashuvlari esa 10 va 11 aprel kunlari bo'lib o'tsa, YELda birinchi o'yinlar 5 aprelda, javob o'yinlari esa 12 aprelda o'tkaziladi.

Yarim finalga qur'a tashlash marosimi esa 13 aprel sanasida bo'lib o'tadi.

Bugun bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimlarini FUTBOL TV telekanali orqali soat 16:00dan boshlab jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga