Huawei 2
UZREPORT 2018 yilgi Jahon chempionati translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi

UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) millionlab futbol muxlislariga ajoyib xushxabarni ma'lum qiladi. Agentlik  2018 yilgi Jahon chempionatini O'zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yil FIFA tomonidan tashkil qilinadigan eng muhim musobaqa joriy yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.

Rossiyaning 12ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O'yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali o'ziga xos Jahon chempionati kundaligi - "Highlights"lar ham efirga uzatib boriladi. Unda siz JCH-2018da bo'lib o'tgan o'yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma'lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ladi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarini tomosha qiling! Chiroyli o'yin va o'zingiz yoqtirgan jamoaga muxlislik qiling!

Ma'lumotnoma: UZREPORT TV telekanali avvalgi yillarda Yevropa chempionati (2016), UYEFA Superkubogi (2016, 2017), Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini (2017) jonli efirda namoyish qilib kelgan.

Bundan tashqari, bugungi kunda UZREPORT TV telekanali UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi, Angliya Premyer ligasi va Ispaniya chempionatini O'zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqiga ham ega.

Izohlar: 4
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Ixtiyor
    0
    Ixtiyor 5 yil avval

    Jahon chempionati 2018 internet orqali uzreport futboltv kanallarida futbolni ko'rsa bo'ladimi

  • plt3434
    0
    plt3434 5 yil avval

    Endi normalniy sharxlovchilarni JCh uchun vaqtinchalikka bo'lsa ham jalb qilinglar, Match tv da ko'rishga majbur qilmasdan!


Tepaga