Xorvatiya yana iroda ko‘rsatib, “pentakampeonlar”ni uyiga jo‘natib yubordi
Futbol bo‘yicha Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati chorak finalida Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Shu sabab jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. 105+1-daqiqada Neymar hisobni ochdi. 117-daqiqada esa Bruno Petkovich muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlandi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.
Penaltilar seriyasida esa Xorvatiya 4:2 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa xorvatlar yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi. Bu bosqichda jamoa Niderlandiya – Argentina bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11209 | Инструменты