Bugun, 30 yanvar kuni milliy futbol markazida O‘FAning hisobot-saylov Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2025 yili eng yaxshi natijalarni qayd etgan futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va futbol rivoji uchun hissa qo‘shgan tashkilotlar hamda OAV vakillari taqdirlanishdi.
Unga ko'ra:
Diyor Xabibullayeva - Ayollar Oliy ligasining "Eng yaxshi to‘purari";
Sadriddin Hasanov — "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi";
Vladislav Xan — "Ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi";
Nilufar Qudratova — "Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi";
Timur Kapadze — "Yilning eng yaxshi murabbiyi";
Yusuf Ergashev — "Bolalar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi";
Nasibabonu Toshmuhammedova — "Yilning eng yaxshi ayol hakami";
Eldor Shomurodov — "Yilning eng yaxshi futbolchisi", deya eʼtrirof etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13021 | Инструменты