27-oktabrdan "Urganch — Xiva" yoʻnalishida yangi trolleybuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Xorazm viloyatida aholiga koʻrsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar infratuzilmasini rivojlantirish, ular faoliyatini takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 25-oktabr kuni Urganch shahrida "Xorazm Trolleybus Saroyi" davlat muassasasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Korxona tomonidan 27-oktabr kunidan boshlab, yangi va zamonaviy trolleybuslarning "Urganch — Xiva" yoʻnalishi boʻyicha ilk qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Zamonaviy harakat tarkiblari yangidan tashkil qilingan Urganch xalqaro aeroporti – Urganch temir yoʻl vokzali – Xiva temir yoʻl vokzalini bogʻlovchi yoʻnalishiga brutto tizimi orqali joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Natijada Urganch – Xiva – Urganch yoʻnalishida trolleybuslarning xizmat koʻrsatish jadvali oraliq intervali 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqarishiga erishiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102617 | Инструменты