Erling Holand: “Kelajakda xuddi Benzema singari bo'lishni xohlayman”
Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Xoland Madridning “Real” klubi forvardi Karim Benzemaning 34 yoshda ham yuqori potensialda oʻynayotgani haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Nima kutayotganini bilmayman, ammo kelajak doimo oʻrganish va rivojlanish bilan bogʻliq boʻlishi lozim. Eng zoʻr boʻlish uchun yangi usullarni izlashdan toʻxtash kerak emas.
“Real”dagi Karim Benzemaga qarang. U hozir 34 yoshda va oxirgi yillarda oʻyinchi sifatida ancha yaxshilandi. Bu aql bovar qilmas natija. U kabi boʻlishni xohlayman”, — deydi Holand.
Eslatib oʻtamiz, norvegiyalik hujumchi joriy mavsum APLda 3 oʻyinda qatnashib, 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты