Huawei 1
Eron klubi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustidan FIFA'ga shikoyat qildi

Eronning “Persepolis” klubi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) ustidan FIFA'ga shikoyat qildi.

Manbaga ko‘ra, Oston O‘runov terma jamoaga klub ruxsatisiz ketgan va jarohat olgan. Klub terma jamoadan futbolchini maydonga tushirmaslikni so‘ragan, ammo bunday bo‘lmadi va oqibatda O‘runov eski jarohatini og‘irlashtirib oldi. Hozirda Eron klubi muhim uchrashuvlarda O‘runov xizmatidan foydalana olmayapti. 

Qayd etilishicha, agar futbolchining jarohati terma jamoa o‘yinlarida orttirilgani isbotlansa, O‘FA “Persepolis” klubiga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘yinida 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, BAA bilan o‘yinni esa jarohati sabab o‘tkazib yubordi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты