Huawei 1
22-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda Lacetti, Cobalt, Nexia kabi ommabop avtomobillar narxlari sezilarli pasaydi

2024-yilning sentyabr oyida o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan ommabop avtomobillar narxlari sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilgan avtomobil narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

O‘zbekistonda aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilning 9 oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan 200 dan ortiq iste’molchidan murojaatlar kelib tushgan.

Rossiyalik jurnalist va uning ikki hamrohi Toshkentdagi mehmonxonada sirli tarzda vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, jabrlanuvchilar o‘limining sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4 mlrd kVt/soat yashil energiya ishlab chiqarildi

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

O'zbekistonda temir yoʻl, havo transporti va avtobusga chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma yaratiladi

Bu bo'yicha Transport vaziri Ilhom Mahkamovning tegishli buyrug‘i e'lon qilindi.

O'zbekiston va Afg'oniston birgalikda Mozori Sharifda Imom al-Buxoriy nomidagi madrasa quradi

Afg'oniston tomoni O'zbekiston rahbariyatiga Afg'onistonga ko'rsatilayotgan doimiy yordam va qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.

9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani ma’lum qilindi

Bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 59 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolindi.

Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahridan Xitoyning Xanchjou shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida o‘nlikka kirdi

Havo tarkibidagi PM2.5 zarrachasi soni yuqoriligicha qolmoqda.

Bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonunga ko'ra, Jinoyat kodeksiga va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo'ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты