FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2030 butun dunyoni birlashtirishiga ishonmoqda.
"JCH-2030 o‘zgacha, mukammal turnir bo‘ladi. Ushbu chempion JCH musobaqalarining 100-yilligiga bag‘ishlanadi. 2030-yili bo‘lib o‘tadigan mundial dunyoni har tomonlama birlashtirishga sababchi bo‘ladi.
Biz 2030-yil haqida gapira boshlaganimizda, menga o‘zgacha bir narsa o‘ylab topishimiz kerakligi ayon bo‘ldi. Chunki odamlar ushbu JCHni bir umr eslab yurishlari kerak", — dedi FIFA prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2030ning asosiy mezbonlari Marokash, Ispaniya va Portugaliya hisoblanadi. Shuningdek, yana uchta uchrashuv Lotin Amerika mamlakatlari hududida bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42911 | Инструменты