Huawei 1
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 3-tur uchrashuvlariga start berildi

28 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining uchinchi tur o‘yinlariga start berildi. Ushbu turni “Xorazm” — “Buxoro” va “Qo‘qon-1912” — “Sho‘rtan” jamoalari o‘zaro o‘ynab boshlab berdi.

Voha derbisida “Xorazm” o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qildi va yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” va “Sho‘rtan” o‘rtasidagi uchrashuvda ikkala jamoa ham darvozasi dahlsizligini saqlab qolishdi va 1 ochko dan bo‘lishib olishdi.

Superliganing qolgan uchrashuvlari bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar boshlanish vaqti quyidagicha ko‘rinish olgan.

28 mart: “Qizilqum” — OKMK o‘yini o‘yini boshlanish vaqti 16:45

28 mart: “Navbahor” — “Andijon” o‘yini boshlanish vaqti 19:30

28 mart: “Bunyodkor” — “Surxon” o‘yini boshlanish vaqti 20:00

29 mart: “Nasaf” — “Neftchi” o‘yini boshlanish vaqti 18:30

29 mart: “Mashʼal” — “So‘g‘diyona” o‘yini boshlanish vaqti 20:00

29 mart: “Paxtakor” — “Dinamo” o‘yini boshlanish vaqti 20:30

Superliga 2-tur uchrashuvlardan keyin musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33112 | Инструменты