“Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani “Paxtazor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. R. tijorat maqsadida gaz hisoblagichsiz tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 751 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40204 | Инструменты