Futbol boʻyicha U-20 Osiyo kubogi gʻolibi - Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolariga Gentra avtomashinalari topshirildi

Bugun sport jamoatchiligining eʼtibori yana "Bunyodkor" stadioniga qaratildi. Biroz avval u yerda poytaxtimiz mezbonlik qilgan futbol boʻyicha U-20 Osiyo kubogi gʻolibi - Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar futbolchilarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga roppa-rosa ikki oydan keyin bo’lib oladigan Jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolishdi.

Tadbir yakunida qahramon yigitlarimizga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi - "Chevrolet Lacetti Gentra" avtomobillari topshirildi.

Eslatib o'tamiz, 18-mart kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston – Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinida iste’dodli futbolchilarimiz 1:0 hisobida raqiblarini mag‘lub etib, tarixiy g‘alabaga erishgan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72703 | Инструменты