Huawei 1
“Galatasaray” “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Mahalliy “Hurriyet” nashrining yozishicha, erkin agent boʻlib turgan futbolchi allaqachon “Galatasaroy” bilan shartnoma imzolagan. 34 yoshli ispanning yillik maoshi 1,8 mln yevroni tashkil qiladi.

Mata oʻtgan mavsumda Premyer-ligada 7 ta oʻyinda maydonga tushgan edi.

Eslatib o'tamiz, turk klubi bunga qadar Lukas Torreyra, Dris Mertens hamda Mauro Ikardi transferlarini ham e'lon qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20716 | Инструменты