Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi afsonaviy himoyachisi Marselo futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 36 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Uning oxirgi klubi Braziliyaning “Fluminense” klubi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Marselo futbolchilik faoliyatida “Fluminense”, “Real Madrid” va “Olimpiakos” klublarida faoliyat olib borgan. U katta sahnaga Madrid klubidagi faoliyati bilan chiqqan. Marselo “qirollik klubi” bilan birga 6 karra La Liga, 2 karra Ispaniya kubogi, 5 karra Ispaniya Superkubogi, 5 karra Chempionlar ligasi, 3 karra UEFA Superkubogi va 4 karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylangan. Braziliya terma jamoasi bilan 2013 yilda Konfederatsiyalar kubogida zafar quchgan. Marselo 20 yillik faoliyatida umumiy 25 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20718 | Инструменты