Huawei 1
Avstraliyadagi uy hovlisidan 100 dan ortiq zaharli ilon topildi

Sidneylik erkak uyining orqa hovlisida 102 ta zaharli ilon yashiringan in topib oldi. Erkak sudralib yuruvchilarni tutish bilan shug‘ullanadigan Reptile Relocation tashkilotini chaqirdi.

Ilonlar to‘kilgan barglar uyumiga in qurgan, ulardan biri uy egasining itini chaqib olmaguncha hech kim ularni sezmagan. Reptile Relocation rahbari Kori Kerevaroning aytishicha, sudralib yuruvchilar shunchalik ko‘pligidan, ularni tutish uchun ovchilarga qo‘shimcha yordam kerak bo‘lgan.

Kompaniya mutaxassislari uch soat ichida 102 ta qizil qorinli qora aspidni qo‘lga oldi. Bu zaharli ilonlar faqat Avstraliyada yashaydi. Voyaga yetgan sudralib yuruvchilarning uzunligi ikki metrga yetadi. Odatda, bu tur vakillari tajovuzkor bo‘lmaydi va odamlardan o‘zini olib qochadi.

Aspidlar zahari tarkibida neyrotoksinlar, miotoksinlar va koagulyantlar mavjud. U inson uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo o‘lim holatlari qayd etilmagan.

Hududda tutib olingan barcha ilonlar Qirollik milliy bog‘i yaqinidagi yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboriladi. Avstraliya muzeyining ilmiy bo‘limi ma’lum qilishicha, bu turdagi ilonlar nasl qoldirish davrida kichik guruhlarga to‘planishi mumkin — odatda olti nafargacha.

“Ovchilar hali biror marta bitta joydan shuncha ko‘p qizil qorinli qora aspidlarni topmagan edi”, — deya ta’kidladi Kori Kerevaro.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20719 | Инструменты