Huawei 1
Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga saylandi

Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo velosport konfederatsiyasi kongressida o‘zbekistonlik Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosporti konfederatsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlangan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘rinboyxo‘jayev O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. 

Tailandda o‘tgan kongressda u 2024 yilda Osiyo velosporti rivojiga qo‘shgan hissasi uchun konfederatsiya tomonidan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20719 | Инструменты