Huawei 1
Gvardiola Husanovning o‘yinini yuqori baholadi

“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda u “Real”ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Raqib dribling amalga oshirayotganda Husanov tezligi bilan xavfni bartaraf etadi. U juda tez yuguradi. Yakkama-yakka kurashda keskin, ammo foydali o‘ynaydi. Biz Husanovni shuning uchun sotib oldik. Qolganini vaqt ko‘rsatadi va hali o‘rganadigan narsalari juda ko‘p”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, Husanov klub safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Katta ehtimol u Madriddagi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushadi. Sababi, jamoaning asosiy himoyachisi Manuel Akanji jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21904 | Инструменты