Agar shamol esmasa, ularning tarqalib ketishi qiyinlashadi. Yomg‘ir yog‘sa ham havodagi chang zarrachalarini yuvib tushiradi.
Toshkent shahrida atmosfera inversiyasi yana 10 kun davom etishi mumkin. Bu esa havo ifloslanishining kuchayishiga olib keladi, deya ogohlantirmoqda O‘zgidromet.
“Chang va ifloslantiruvchi moddalar havoga doimiy ravishda chiqib turibdi. Agar shamol esmasa, ularning tarqalib ketishi qiyinlashadi. Yomg‘ir yog‘sa ham havodagi chang zarrachalarini yuvib tushiradi. Shamol va yomg‘ir bo‘lmagan davrda ifloslantiruvchi moddalar havoda to‘planib boradi. Atmosfera inversiyasi esa ularning yuqoriga tarqalishini yanada qiyinlashtiradi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, havo sifatini yaxshilash uchun shaharda avtomobil yo‘llariga suv sepilishi, issiqxonalarda filtrlar o‘rnatilishi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, qurilish maydonlarida chang ko‘tarilmasligini nazorat qilish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, atrof-muhitni ifloslantirayotgan issiqxonalar va sanoat korxonalariga reydlar uyushtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102918 | Инструменты