Yil boshidan 26-oktabrgacha avtobuslarda yo‘lkira to‘lamagan 134,3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi

Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan rasmiylashtirilayotgan ma’muriy bayonnomalar soni so‘nggi oylarda sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, avgust oyida 10 843 ta, sentabrda 20 286 ta va hali tugallanmagan oktabrning 26 kuni davomida 21 116 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avgust oyiga nisbatan sentabrda bayonnomalar soni 87% ga oshgan. Oktabr oyining dastlabki 26 kunida esa sentabr oyidagi to‘liq oylik ko‘rsatkichdan ham 830 taga ko‘p bayonnoma qayd etilgan.

Kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichlar ham o‘sib bormoqda. Avgust oyida kuniga o‘rtacha 350 ta, sentabrda 676 ta, oktabrning 26 kunida esa 812 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Yil boshidan 26-oktabrga qadar yo‘l haqini to‘lamagan jami 134 300 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Bayonnomalar sonining ortishi faqatgina qoidabuzarliklar ko‘payganini anglatmaydi. Bunda nazorat tadbirlarining qamrovi kengaygani va huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlari oshgani ham muhim omil hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102913 | Инструменты