Huawei 1
Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Angliya Premer ligasi 25-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”- “Nyukasl” o‘rtasidagi bahsda “shaharliklar” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

O‘yinda “Manchester Siti” safida Omar Marmush xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Jeyms Maketi mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari APL ochkolar sonini 44 taga yetkazib oddi va turnir jadvalida “Chelsi”dan o‘tib ketgan holda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31400 | Инструменты