Huawei 1
Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Siti” yutqazdi

Angliya Premer ligasi 28-turi markaziy o‘yinlaridan birida “Nottingem” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida “Nottingem” hujumchisi Kallum Xadson-Odoi gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu  tariqa, g‘alaba qozongan “o‘rmonchilar” ochkolarini 51 taga yetkazib olgan holda 3-o‘rinni mustahkamladi.  Ushbu mag‘lubiyatdan keyin “shaharliklar” ochkosi 47 taligicha qoldi va 4-o‘rnni band etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31523 | Инструменты