Ushbu xaridlar A Seriya rasmiy saytidan ro'yxatdan o'tkazildi
Italiyaning “Inter” klubi ketma-ket transferlarni e'lon qilishda davom etmoqda. Bugun A Seriya rasmiy sayti milanliklarning “Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan hamda “Ayaks” darvozaboni Andre Onanani sotib olganliklarini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, har ikki o‘yinchi ham milanliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishgan. “Neradzurrilar” hozircha bu transferlar haqida rasmiy xabar bermagan.
Avvalroq, Romelu Lukakuning “Chelsi”dan “Inter”ga bir mavsumga ijaraga o‘tgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Romeluning Londonda Tuxel bilan kelishmovchilikka uchragani haqida ma’lum qilingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50519 | Инструменты