Jahon chempionati saralash bosqichi Osiyo mintaqasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda o‘zbekistonlik rasmiylar faoliyat olib boradi.
Jumladan, Avstraliya — Bangladesh uchrashuvini Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Andrey Sapenko yordam beradi. Hindistonlik Kristal Jonga to‘rtinchi hakamlik ishonib topshirilgan.
Shuningdek, Filippin — Vyetnam uchrashuviga Rustam Lutfullin tayinlangan. Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov qanotlarda unga yordam beradi. Tailandlik Vivat Jumpaun to‘rtinchi hakam vazifasini bajaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты