Huawei 1
Bir yilda Xitoydan O‘zbekistonga 74,3 ming nafar turist kelgan

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida Xitoydan O‘zbekistonga 74 304 nafar turistlar tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 31 834 nafarga oshgan.

2024-yilda Xitoydan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:

- sayohat – 57 141 nafar

- xizmat yuzasidan – 1 131 nafar

- qarindoshlarni yo‘qlash – 1 228 nafar

- tijorat – 1 177 nafar

- o‘qish – 794 nafar

- davolanish – 3 nafar. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin bir yilda Germaniyadan O‘zbekistonga 37,5 ming nafar turist kelgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты