Huawei 1
O'zbekiston fuqarolarining Yaponiyada ishlash imkoniyatlari kengayadi

O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Menejment va rezidentlikni qo'llab-quvvatlash departamenti bosh direktori Fukuxara Nobuko"Texnik stajyor" va "Maxsus malakali ishchilarni" tayyorlash loyihasi direktori Ando Kentaro bilan uchrashdi

Unda O'zbekiston fuqarolari Yaponiyada bo'lish vaqtida duch kelayotgan muammolar va ularning huquqlarini mustahkam himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borish uchun "maxsus malakali ishchi" maqomi bo'yicha imtihon yo'nalishlarini kengaytirishga kelishib olindi. Xususan, joriy yilning mart oyidan boshlab bino tozalash, aprel oyidan esa kemasozlik va haydovchilik kabi yangi yo'nalishlar ochilishi ma'lum qilindi.

Muzokaralar yakunida migratsiya yo'nalishida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida doimiy muloqotni davom ettirish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buyuk Britaniya o‘zbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshirishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты