Huawei 1
Toshkentda fuqaroning 180 ming dollarini o‘marishga uringan bosqinchi guruh qo‘lga olindi

Maʼlum qilinishicha, Farg‘ona viloyatidan kelgan 5 nafar jinoiy guruh aʼzolari Rossiyada ishlayotgan musofirlarning maoshlarini egalariga yetkazish uchun yonida 180 ming dollar olib yurgan fuqaroni tunashni reja qiladi.

Ulardan ikki nafari fuqaroning ishonchiga kirib uning mashinasiga chiqib olgan va tushishda salondagi pullarni olib qochishga urinadi. Lekin haydovchining faol qarshiligi sabab pullardan 20 ming dollarnigina olib ketishga muvaffaq bo‘ladi.

O‘z vaqtida IIO xodimlariga qilingan murojaat ortidan esa jinoyat shu kunning o‘zida fosh qilinadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoiy ish ochilgan hamda qamoqqa olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты