Unda kutilganidek, Messi peshqadam, Ronaldu esa o'nlikda ham yo'q
Buyuk Britaniyaning taniqli “Goal” nashri Qatardagi Jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga daʼvogarlar reytingini tuzdi.
Unga koʻra, roʻyxatni Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi boshqarmoqda. Ikkinchi oʻrindan fransiyalik Kilian Mbappe, 3-pogʻonadan Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh joy olgan.
Eʼtiborlisi, reytingdan Krishtianu Ronaldu va Neymarga oʻrin berilmagan.
“Goal” talqiniga koʻra, turnirning eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga nomzodlar reytingi:
1. Lionel Messi (Argentina);
2. Kilian Mbappe (Fransiya);
3. Bruno Fernandesh (Portugaliya);
4. Kodi Gakpo (Niderlandiya);
5. Markus Reshford (Angliya);
6. Kazemiro (Braziliya);
7. Antuan Grizmann (Fransiya);
8. Hakim Ziyesh (Marokash);
9. Teo Ernandes (Fransiya);
10. Ashraf Hakimi (Marokash).
Maʼlumot uchun, Messi, Mbappe, Reshford, Gakpo, Morata 3 tadan gol bilan turnir toʻpurarlari roʻyxatida peshqadamlik qilishmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30310 | Инструменты