Huawei 1
JCH-2026: O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi o‘yinlar vaqti maʼlum

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi mazkur o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, BAA — O‘zbekiston o‘yini 5 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu Dabidagi "Al Nahyan Stadium" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ uchinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi o‘yinni 10 iyun kuni Toshkentda Qatarga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin soat 18:45 da “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71005 | Инструменты