Joze Mourinyo Shomurodov gol urgan o‘yindagi “Roma”ning mag‘lubiyatini izohladi
Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa Ligasi 1-turi doirasidagi “Ludogorets”ga qarshi oʻyindan keyin (2:1) oʻz fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“To‘g‘ri, o‘yinimiz juda yaxshi emasdi, lekin koʻrsatganimiz magʻlubiyatga uchramaslik uchun yetarli edi. Bizda toʻp kiritish uchun imkoniyatlar boʻldi, ammo raqibning golidan keyin vaziyat yanada murakkablashdi. Yaxshi harakat qildik, hisobni tenglashtirdik, keyin yana magʻlub boʻldik. Hozir hamma narsa notoʻgʻri ketayotgandek tuygʻu bor. Yaxshiyamki, biz pley-offda emas, balki guruh bosqichidamiz. Oldinda yana 5ta oʻyin bor.
Qirolichaning vafotidan juda xafaman. Men Buyuk Britaniyada begona emasman, bu — mening uyim, biz u yerda koʻp yillar yashadik. U ajoyib inson edi. Uni hurmat qilmaydigan odamni bilmayman”, — deydi Mourinyo.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinda rimliklarning yagona goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111415 | Инструменты