Huawei 1
“Kazemiro qanday g'alaba qozonishni yaxshi biladi. Shuning uchun u ko'p sovrin qo'lga kiritgan”, — Ten Hag

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoaga yangi kelib qo'shilgan Kazemiro haqida fikr bildirdi.

“Biz u bilan yetakchilik haqida suhbatlashdik. “Liverpul”ga qarshi o'yinda biz maydonda ustunlikka erishdik, Kazemiro esa aynan shunday o'ynashga o'rgangan futbolchi. U maydonni juda yaxshi ko'ra oladi va qanday g'alaba qozonishni biladi. U o'z faoliyatida juda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritgan, bu esa har bir jamoa uchun muhim sifat.

Bizda Varan hamda Ronaldu ham bor. Ular Kazemiro bilan birga o'ynashgan va bir-birlarini yaxshi tushunishadi. Ushbu uchlik hali sovrin qo'lga kiritmagan futbolchilarimiz uchun go'yoki bir master-klass o'tashadi. Jamoamizga shunday futbolchilar kerak”, — deydi ten Hag.

Avvalroq, Kazemironing ayni damda faoliyatidagi eng yaxshi davrlarni o'tkazyotni hamda mavsumni chiroyli yakunlashga umid qilishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51123 | Инструменты