Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Turnirdagi ishtirokini yarim finalda boshlovchi “Real”ning ehtimoliy raqibi ma’lum
FIFA klublar oʻrtasidagi 2023-yilgi jahon chempionatiga qurʼa tashladi.
Turnirda turli qitʼalarning 7ta klubi ishtirok etadi: “Real” (Ispaniya), “Flamengo” (Braziliya), “Al‑Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Al‑Ahli” (Misr), “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya), “Sietl Saunders” (AQSH) va “Vidad” (Marokash).
Turnir reglamentiga koʻra, mezbon mamlakat chempioni ham musobaqada qatnashadi. Ammo mezbon – Marokash chempioni “Vidad” Afrika Chempionlar ligasida ham gʻolib chiqqani sababli turnirga Afrika CHL finalchisi “Al-Ahli” ham ishtirok etadi.
Qurʼa natijalari va oʻyinlar sanasi bilan tanishing:
Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты