Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” futbol klubi bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilmoqchi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu “zamonaviy jamiyatdan yiroq” Saudiya Arabistoni infratuzilmasidan norozi bo'lgan. Shu munosabat bilan futbolchining atrofidagilar Yevropaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bu holatni e’lon qila boshlaydi.

Ma'lumot uchun, agar Ronaldu uzrsiz, sababsiz klubni tark etmoqchi bo‘lsa, Xalqaro futbol federatsiyasi qoidalariga muvofiq tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi. 

Shuningdek, reglamentda futbolchiga nisbatan shaxsiy jazo choralari ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10509 | Инструменты