Krishtianu Ronaldu Madriddan Dubayga uchib ketdi
Qatardagi Jahon chempionatida ishtirokini yakunlab, Qatardan Ispaniyaga kelgan Krishtianu Ronaldu yana arab diyoriga qaytdi.
Ispan nashrlari xabariga koʻra, Florentino Peresning shaxsan ruxsati bilan ikki kun davomida “Real” klubining qarorgohida alohida mashgʻulot oʻtkazgan 37 yoshli portugaliyalik hujumchi bugun shaxsiy samolyotida Dubayga joʻnab ketgan. Futbolchi BAAda dam olish uchun yoʻl olganmi yoki “An-Nasr” rahbariyati bilan muzokara olib borish uchun – nomaʼlum.
Avvalroq, Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi ishtirokchisi safiga oʻtishni istayotgani, ammo unga Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubidan boshqa taklif yoʻqligi haqida xabar qilingan edi. U MYU bilan xayrlashgach, erkin agent bo‘lib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22221 | Инструменты