Huawei 2
Krishtianu Ronaldu noo'rin ishorasi tufayli qancha miqdorda jarima to'lashi ma'lum bo'ldi

Saudiya Arabistoni ligasining Etika va tartib-intizom qo‘mitasi “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni “Ash-Shabab” muxlislariga nisbatan behayo ishorasi uchun jazolashga qaror qildi, deb xabar berdi Ge.Globo. 

Ronaldu bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi, shuningdek, 2,6 ming dollar jarimaga tortiladi. Portugaliyalik ham "Ash-Shabab"ga 5,3 ming dollar to'lashi kerak.

Shu tariqa, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 29-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Al-Hazma” bilan o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Ma'lumot o'rnida, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida 38 yoshli Krishtianu Ronaldu 20 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga