Krishtianu Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Joriy yilning 19-yanvar kuni BAAning Dubay shahrida Globe Soccer Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimida “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu 2023-yilda Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shuningdek, Ronaldu o‘tgan yilning eng yaxshi to‘purari sifatida Maradona mukofotini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Ronaldu muxlislar fikriga ko‘ra ham eng yaxshi futbolchi sovriniga ega chiqdi.

Umumiy hisobda Ronaldu o‘tgan yili 54 ta gol urib, dunyoning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida 38 yoshli Krishtianu Ronaldu 18 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10509 | Инструменты