Huawei 1
Kurtua: “La Liga va YChLda gʻalaba qozonasiz, seyvlaringiz bilan jamoangiz sovrin yutadi va yakunda 7-oʻrindasiz”

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi darvozaboni Tibo Kurtua darvozabonlarning “Oltin toʻp”ni olish imkoniyati yoʻqligiga ishonchi komil ekanligini aytdi.

“Eng yaxshi darvozabon sovrinini qoʻlga kiritganimdan xursandman, eng avvalo “Real” futbolchisi sifatida gʻalaba qozonganimdan faxrlanaman. Madriddagi birinchi yilim oson boʻlmagandi va turli voqealarni boshdan kechirganimdan soʻn bunday mukofotlar meni yanada quvontirdi.

Muxlislarga doim taslim boʻlmasligimni koʻrsatib kelganman. “Oltin toʻp”ni yutish? Menimcha, darvozabonlar uchun bu imkonsiz. La Ligada gʻolib boʻlasiz, Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonasiz, seyvlaringiz evaziga jamoangiz sovrin yutadi va yakunda 7-oʻrinni egallaysiz. Yaxshiyamki, ular yilning eng yaxshi darvozaboni uchun mukofotni oʻylab topishgan”, — deydi Kurtua.

Eslatib o'tamiz, darvozabon kecha yilning eng yaxshi darvozaboni uchun mo'ljallangan “Lev Yashin” sovrinini qo'lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты