Laziz Qo'chqorov Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi direktori etib tayinlandi

Bugun, 16-iyun kuni “Milliy” stadioni majlislar zalida futbol hakamlari va nazoratchilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda OʻFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov soʻzga chiqib, tashkilot prezidentining 2022-yil 15-iyun kunidagi buyrugʻiga asosan, Laziz Qoʻchqorovning Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi direktori etib tayinlanganini eʻlon qildi.

Yigʻilishda futbol boʻyicha hakamlik faoliyatida erishgan muvaffaqiyatli tajribani ommalashtirish, uni yangi pogʻonaga koʻtarish orqali futbol sohasida hakamlikni takomillashtirish, professional futbol musobaqalariga VAR tizimini joriy etishni kengaytirish, hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini isloh etish, yuqori malakali hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish kabi vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga yigʻilishda hakamlar va nazoratchilar tomonidan bir qator takliflar va fikr-mulohazalar bildirilib, ularning oʻrganib chiqilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62506 | Инструменты