Huawei 1
Lionel Messi PSJning 3 ta uchrashuvini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. U hozir Rosarioda

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi PSJ mashgʻulotlarini qachondan boshlashi maʼlum boʻldi.

Fransiya klubi hujumchining kelasi seshanba, 3-yanvar kuni qaytishini kutmoqda, deb yozadi “TyC Sports”. Bu holda Messi parijliklarning navbatdagi 3ta oʻyinini – Fransiya chempionati doirasida “Strasburg” (28-dekabr) va “Lans” (1-yanvar) hamda Fransiya Kubogidagi “Shaturo”ga (6-yanvar) qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.

Messi 11-yanvar kuni boʻlib oʻtadigan Liga-1’ning 18-tur bellashuvida “Anje”ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.

Argentina terma jamoasi bilan JCH-2022 gʻolibiga aylangan hujumchi ayni damda oʻzi tugʻilib oʻsgan Rosario shahrida taʼtilda boʻlib turibdi.

Mavzuga doir:

“Yo'q, Messi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi emas!” — Niderlandiya afsonasi Messini nima uchun eng zo'r deb hisoblamasligini aytdi

Erdo'g'an Ronaldu va Messi ikkisidan qay birini tanlashi, shuningdek, Krishtianu qaysi klubga o'tishini aytdi

Lionel Messi PSJdagi kelajagi borasida yakuniy, uzil-kesil qarorga keldi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22016 | Инструменты