Ijtimoiy tarmoqlarda Senat yalpi majlisida uxlab qolgan ishtirokchining videosi tarqaldi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi ushbu holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi vaqtida Surxondaryo viloyati studiyasida senator Dilbar Suvonova so'zga chiqqan vaqtida orqa o'rindiqda o'tirgan ishtirokchi sog'lig'i yomonlashib qolgan.
Jonli efir vaqtida boshqalar e'tiborini tortmaslik uchun tashqariga chiqmay turgan. Ishtirokchi bu vaziyatda holatidan kelib chiqib ko'rinmaslikka harakat qilganligini ta'kidladi.
Shu bilan birga ushbu ishtirokchi videokonferensiya shaklida o‘tayotgan Senatning yalpi majlisi jarayonini texnik ta’minlash uchun jalb etilgan mutaxassis ekanligi ma’lum qilindi. Hozirda tibbiy muolaja ko'rsatilgan va holati yaxshi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты