Huawei 1
Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchisiga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik” haqida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi

Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan umumta’lim maktabida 2025 yil 8-fevral kuni 8-sinf o‘quvchilari "Ingliz tili" fani darsi vaqtida o‘quvchilar B. N va E. S o‘zaro tortishib turli so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan. 

O‘qituvchi E. F darsdan chiqib ketishini aytgan, biroq o‘quvchi o‘qituvchining talabiga bo‘ysunmasdan unga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda o‘rganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Maktab tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan MJtK ning 47-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты