Huawei 1
“Yo'q, Messi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi emas!” — Ruud Gullit

Niderlandiyalik futbol afsonasi Ruud Gullit Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, deb hisoblamasligini va buning sababini aytdi.

“Yo'q, u barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi emas. Menimcha, u o'z davrining eng yaxshisi. Futbolda ba'zi narsalarni umuman taqqoslab bo'lmaydi.

Agar siz Jahon chempionatini uch marta yutgan bo'lsangiz (Peleni nazarda tutyapti), ha, bu juda ko'p. Oltmishinchi yillar va yetmishinchi yillarning kichik bir qismi mutlaq Pelening davri edi. Shundan so‘ng navbat Maradonaga yetdi. Messi ularning davrida o'ynamagan va biz ularni solishtirishimiz noto'g'ri”, — deydi 1987-yilgi “Oltin to'p” sohibi.

Mavzuga doir:

Erdo'g'an Ronaldu va Messi ikkisidan qay birini tanlashi, shuningdek, Krishtianu qaysi klubga o'tishini aytdi

Lionel Messi PSJdagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

“Messi gol urganida ko‘zlarimga yosh keldi”, — Rafael Nadal JCH finali haqida

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты