Futbolchining agenti va otasi hisoblanuvchi Xorxe Messi bu borada 4 oydan ortiq muzokaralar o'tkazdi
Futbol bo'yicha Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi PSJda qoladigan boʻldi.
Fransuz nashrlarining yozishicha, 35 yoshli futbolchi Qatarda oʻtgan turnirdan keyin Parij klubi bilan amaldagi kelishuvni uzaytirishga qaror qilgan. Uning otasi va agenti Xorxe Messi PSJ direktori Luish Kampush va klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan toʻrt oy davomida muzokara olib borgan.
Qayd etilishicha, Messi va Parij klubi oʻrtasida yozda “1+1” koʻrinishida yangi shartnoma imzolanadi. Unga koʻra, Messining klubdagi maoshi yana oshiriladi.
Avvalroq, “Barselona” prezidenti Joan Laporta Messi bilan bog'lanib, uni Kataloniyaga qaytishga ko'ndirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты