Manba: Krishtianu Ronaldu "Bayer"ga o'tishi mumkin

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Bayer”da davom ettirishi mumkin, deydi jurnalist Alxaz Mutab.

Manba bergan xabarga ko'ra, 39 yoshli futbolchini shaxsan murabbiy Xabi Alonso taklif qilmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis tajribali Ronalduning Bundesliga va Yevropa Chempionlar ligasida “Bayer”ga yordam berishiga ishonmoqda.

Ronaldu 2023/24-yilgi mavsumda “Al-Nasr” safida to‘p suradi, futbolchi Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali portugaliyalikning narxini 15 million yevroga baholamoqda, uning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2025-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты