Angliyaning “Manchester Siti” klubi uchun fevral oyi taqvimi e’lon qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” APL va Chempionlar ligasi doirasida keyingi 6 ta o‘yinda 2 fevral kuni “Arsenal”, 12 fevral kuni “Real”, 15 fevral kuni “Nyukasl”, 20 fevral kuni javob o‘yini “Real”, 23 fevral kuni “Liverpul” va 27 fevral kuni “Tottenxem”ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushadi.Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 23 turdan keyin 41 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni qayd etib kelmoqda. Chempionlar ligasida esa o‘tish o‘yinida Madridning “Real”iga qarshi to‘qnash keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты