“Manchester Yunayted” Shomurodovga raqobatchi bo'lishi kutilayotgan hujumchi bilan kelishuvga erishdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Italiyaning “Bolonya” jamoasi hujumchi Marko Arnautovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Italyan nashrlarining ma'lum qilishicha, “Bolonya” Markoni 9 mln yevroga sotishdan bosh tortgan va MYU yangi taklifni tayyorlamoqda. Manchester klubi 33 yoshli Avstriya terma jamoasi forvardi bilan shartnoma imzolashiga ishonchi komil, sababi jamoa rahbariyati futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgan.
Ma'lumot uchun, Arnautovich Rimning “Roma” klubini tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodovga asosiy raqobatchi sifatida qaralayotgan edi. Agar Marko klubni tark etsa, Eldor jamoada asosiy hujumchiga aylanishi mumkin. Avstriyalik futbolchi oʻtgan mavsum A Seriyada 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga erishgan.
Avvalroq, MYU afsonasi Pol Skoulzning jamoa yarim himoyachilarini keskin tanqid qilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты