Huawei 1
Marokash a’zosi Ziyesh Jahon chempionatida berilgan yirik miqdordagi mukofot pulini xayriyaga sarfladi

Marokash terma jamoasi futbolchisi Hakim Ziyesh Jahon chempionatidagi ishtirok uchun oladigan mukofot pullarini xayriya ishlariga sarfladi.

Marokashlik jurnalist Xolid Beydunning xabar berishicha, “Chelsi” yarimhimoyachisi oʻz mamlakatidagi kambagʻallarga yordam berish uchun 325 ming dollar xayriya qilgan.

Ziyesh 2015-yildan beri milliy jamoada oʻynagani uchun pul olmaydi. U Marokash FF bergan barcha mukofot pullarini xayriyaga sarflagan. Marokash Qatardagi mundialda yarimfinalda Fransiyaga (0:2) magʻlub boʻldi. Afrika jamoasi 17-dekabrda Xorvatiya bilan 3-oʻrin uchun bahs olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga