Huawei 1
Mbappe nima sababdan Jahon chempionati vaqtida intervyu berishdan bosh tortayotganini aytdi

Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatida ilk bor intervyu berdi.

23 yoshli futbolchi nimchorak final doirasidagi Polsha bilan bahsda dubl qayd etdi (3:1) va bellashuvdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Odamlar nega gapirmasligimga hayron boʻlishlarini bilaman. Jurnalistlarga qarshiligim yoʻq. Shunchaki har doim turnirda 100 foiz konsentratsiyani saqlashim va kuchimni boshqa narsalarga sarflamasligim kerak. Shuning uchun matbuotda chiqishni xohlamadim.

Albatta, bu Jahon chempionati — mening ishtiyoqim, orzuyimdagi turnir. Tayyor kelmoqchi edim, hozircha hammasi yaxshi ketmoqda, lekin hali oldimizga qoʻygan maqsadimizdan uzoqmiz. Maqsadimiz chempion bo‘lish”, — deydi Mbappe.

Mavzuga doir:

Mbappe alkogol mahsulotlari brendini reklama qilishdan bosh tortgani uchun FIFA Fransiyani jarimaga tortdi

Mbappe Messi va Ronaldu 5 ta Mundialda qayd etgan natijani atigi 2 ta Jahon chempionatida takrorlay oldi

Mbappe 6 oy avval Levandovski bilan uchrashib, uni PSJga o‘tishga undagani ma’lum bo‘ldi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42911 | Инструменты