Argentina terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichida Venesuela termasini mag'lub etdi.
Buenos-Ayresdagi bahs 3:0 hisobida yakunlandi. Lautaro Martines bitta gol urdi. Lionel Messi ikki marta gol urdi — bu uning terma jamoadagi 113 va 114-gollari. Messi xet-trik qayd etishi mumkin edi, ammo hakam 89-daqiqada ofsayd tufayli golni hisobga olmadi.
Avvalroq, 38 yoshli Messi bu o'yin uning vatanidagi terma jamoadagi so'nggisi bo'lishi mumkinligini aytgandi. Uchrashuv oldidan muxlislar “Hammasi uchun rahmat, kapitan” yozuvi yozilgan bannerni ochib berishdi. Messi maydonga o'g'illari: Tiago, Mateo va Ciro bilan kirdi. Ular Argentina va Venesuela madhiyalari ijrosi paytida otalari bilan birga bo'lishgan.
Argentina terma jamoasi tarkibida Messi Jahon kubogi, ikki marta Amerika kubogi, Finalissima va Olimpiya o'yinlarida g'olib chiqdi.
Argentinaliklar AQSH, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadigan 2026-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90614 | Инструменты